Meksikaning “Monterrey” jamoasi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan “An-Nassr” hujumchisi, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Monterrey” himoyachisi Serxio Ramos 40 yoshli futbolchini jamoaga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Ushbu futbolchilar o‘z vaqtida Madridning “Real” klubida birga o‘ynashgan. Shu bois ko‘plab manbalar portugaliyalik hujumchi meksikaliklar safiga o‘tishini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 15-iyundan 13-iyulgacha AQSH maydonlarida bo‘lib o‘tadi. “Monterrey” “E” guruhida “Inter”, “River Pleyt” va “Urava Red Daymonds” jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, “An-Nassr” Saudiya Arabistoni chempionatini 70 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi. Ular chempion bo‘lgan “Al-Ittihod”dan 13 ochkoga ortda qoldi. Ronaldu esa mavsum davomida 25 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Avvalroq Ronaldu o‘zining Twitter’dagi sahifasida riyodliklar safidan ketishi mumkinligiga ishora qilgan edi.
Izoh (0)