Tailandda 3-iyul kuni ikkinchi muvaqqat bosh vazir tayinlandi. Mamlakatda bir kun oldin ham bu lavozimga ma’sul tayinlangan edi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ichki ishlar vaziri Phumtham Vechayachai vazirlik vazifalarini o‘z zimmasiga olgan. Shu hafta mamlakat rahbari Paetongtarn Shinavatra Konstitutsiyaviy sud tomonidan lavozimidan chetlatilgandi. Paetongtarn Shinavatra Kambojaning asosiy siyosiy arbobi bilan qo‘ng‘iroqlashganidan so‘ng, bu suhbat internetda tarqalib ketgandi.
Tailand hukumati ijtimoiy tarmoqdagi postida Phumthamning bosh vazir vazifasini bajaruvchi roli yangi Vazirlar mahkamasining birinchi yig‘ilishida kelishilganini ma’lum qilgan. 71 yoshli Phumtham bir kun oldin bu vazifani bajargan Suriya Jungrungreangkit o‘rnini egalladi.
Ushbu lavozim tayinlovlari Paetongtarn Kambojaning nufuzli sobiq rahbari Xun Sen bilan bo‘lgan telefon suhbati tarqalib, mamlakat aholisining g‘azabini qo‘zg‘atganidan so‘ng sodir bo‘lmoqda. Suhbat iyun oyi o‘rtalarida ikki davlat o‘rtasidagi chegaradagi keskinlikni yumshatish maqsadida amalga oshirilgandi.

Tanqidchilar Paetongtarnning Xun Senni “amaki” deb atashi va Tailand armiyasi qo‘mondonini tanqid qilish qaroridan g‘azablangan. Konstitutsiyaviy sud 36 senatordan kelgan arizani qabul qilgan. Unda Paetongtar Xun Sen bilan suhbatda konstitutsiyani buzganlikda ayblangan. U chetlatilishidan oldin Paetongtarn o‘zini yangi vazirlar mahkamasida madaniyat vaziri etib tayinlagan. U 3-iyul kuni lavozim qasamyodini amalga oshirgan.
Izoh (0)