Taqdimotlar dasturini ochgan “Digital Uzbekistan-2025” forumining birinchi kunida “Tenge Bank” ATB Boshqaruvchi direktori - Boshqaruv a’zosi Madina Yusupova “Raqamli avtokredit. Bir bosishda kalitgacha” mavzusidagi ma’ruzasida Bankning yangi raqamli mahsulotini taqdim etdi.
Madina Yusupova Tenge Bankning masofaviy xizmatlar va raqamli savdo kanallarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda muhim bosqich bo‘lgan raqamli avtokrediti ishga tushirilganini e’lon qildi. Friends&Family (F&F) formatida bo‘lgan yangi mahsulot mijozlarga Tenge24 ilovasi orqali avtokreditni to‘liq onlayn rasmiylashtirish imkonini beradi. Bu yechim maksimal qulaylikka qaratilgan bo‘lib, rasmiylashtirish vaqtini qisqartiradi, hamda kreditlash jarayonini shaffof va istalgan nuqtadan amalga oshirish imkonini beradi.
“Biz bank mahsulotlarini sodda va qulay qiladigan yechimlarni yaratishga intilamiz. Tenge24 ilovasidagi raqamli avtokredit texnologiya mijozlar tajribasini qanday o‘zgartirishiga misol bo‘la oladi: ariza to‘ldirishdan kredit olishgacha, butun jarayonni smartfon orqali amalga oshirish mumkin”, - deb ta’kidladi Madina Yusupova.
Forumning muhim voqealaridan biri “Tenge Bank” ATB va Chevrolet brendi ostida O‘zbekistondagi eng yirik yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi UzAutoMotors o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangani bo‘ldi.
Ushbu memorandum avtokreditlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish va mijozlar uchun innovatsion raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan. Hujjatni imzolash marosimida “Tenge Bank” ATB Boshqaruv Raisi Beibit Faleyev va UzAutoMotors kompaniyasining moliya bo‘yicha Boshqaruvchi direktori Jurat Yuldashev ishtirok etdi.
Yangi hamkorlik ikkala kompaniyaning mavqeini mustahkamlaydi, mijozlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi, hamda avtomobil sotib olish tajribasini 2025-yilga xos raqamli va qulay qiladi.
Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) sho’ba korxonasi hisoblanadi.
Halyk Bank Qozog'istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo'lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri bo'lib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog'iga ega.
Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.
E-mail: [email protected]
Sahifa: tengebank.uz
Facebook: fb.com/tengebank.uz
Instagram: @tengebankuz
Telegram: t.me/Tengebankuz
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)