Ijtimoiy tarmoqlarda qatnov yo‘lida harakatlanib ketayotgan Onix yo‘lovchisi mashina tom qismidan belidan yuqori qismini chiqarib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXX maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra, xodimlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, avtomashina jarima maydoniga olib kelingan. Yo‘lovchining ushbu harakati Yo‘l harakati qoidalarining 24-bandida belgilangan tartiblarga mutlaqo zid hisoblanadi.
Mazkur qoidabuzarlik bo‘yicha fuqaro Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortildi va bayonnoma rasmiylashtirildi.
“Biz dugonalarimiz bilan Samarqand yo‘liga piknik qilgani chiqqan edik. Lyukdan chiqib, video qilgan edik. Qonunga zid ekanini bilmasdik, bilganimizda unday qilmasdik. Uzr so‘raymiz. Tanishlarimizga ham bunday qilmaslikni yetkazamiz”, deydi qiz.
Mashinalardagi “tomoshalar”
Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangan.
Samarqandda harakatlanayotgan Gentra’dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu bilan birga, Farg‘onada to‘yda tomosha ko‘rsatgan haydovchilar jazolangandi.
Andijonda qiz tunda tanishining mashinasidan tanasini chiqarib harakatlangandi.
Izoh (0)